Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Navoiy viloyatida quvvati 300 mWh (600 mWh) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror imzoladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar kompaniyasi o‘rtasida “Navoiy viloyatida quvvati 300 mWh (600 mWh) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasi doirasida investitsiya shartnomasi imzolangan.
Qarorga ko‘ra, investor o‘z huquq va majburiyatlaridan o‘zi tomonidan tashkil etiladigan Loyiha kompaniyasi foydasiga voz kechadi. Loyiha kompaniyasi o‘z zimmasiga elektr energiyasini saqlash tizimi foydalanishga kafolatlangan tarzda tayyor turishini ta’minlash majburiyatini oladi.
Loyiha kompaniyasi loyiha doirasida elektr energiyasini saqlash tizimini yagona elektr energiyasi tarmog‘iga ulash uchun elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya quradi hamda ishga tushirilgandan so‘ng ularni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi. Bunda Loyiha kompaniyasining elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya qurish uchun sarflagan xarajatlari elektr energiyasining tarifi tarkibida ko‘zda tutiladi.
5-noyabrda BAAning Masdar kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida 300 mWh, 600 mWh va AMEA Power kompaniyasi bilan 200 mWh, 800 mWh quvvatli ikkita energiya saqlash tizimini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolangandi.
5-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev energetika sohasida 42 ta yangi quvvatlarni ishga tushirdi va 21 ta loyiha qurilishini boshlab berdi. Xususan, hududlarda jami 3 ming 500 megavattli 16 ta quyosh, shamol, issiqlik va gidrostansiya foydalanishga topshirildi. Ular to‘liq quvvatda ishlay boshlagach, yiliga 15 milliard kWh elektr generatsiya bo‘ladi. Natijada kelgusi yilda “yashil” energiya ishlab chiqarish hajmini 23 milliard kWh’ga yetkaziladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
110010
Jamiyat
94297
Jamiyat
90156
Jamiyat
73448
Jamiyat
//
Izoh yo‘q