Jamiyat
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Наrvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilinib, 4 yilga 100 foizlik grant yutib oldi. Bu haqda Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova telegram sahifasida xabar berdi.
Sobirova Dilafro‘z IELTS imtihonidan 8.0 ball, SAT imtihonidan 1540 ball qo‘lga kiritgan, nemis tilidan Multilevel imtihonida B2 daraja olgan.
Ma’lumot berilishicha, u 2008-yil 1-aprelda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. Ayni damda Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi. U maktabdagi eko-qo‘mita sardori, Yangi O‘zbekiston universiteti tomonidan tashkillangan Hogwarts yozgi oromgohi ikki karra qatnashchisi, Hippo xalqaro ingliz tili olimpiadasi yarim-finalisti, Harvardning HPAIR konferensiyasiga qabul qilingan, Technovation Girls xalqaro tanlovining o‘quvchilar vakili va UNESCO tomonidan tashkillangan “Be an explorer” tanlovi finalisti.
“Ayni vaqtda Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Asilbek Ashurov, Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova va boshqa yoshlarimiz ham Harvard universitetida tahsil olmoqda”, deyiladi xabarda.
Madaniyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110996
Jamiyat
94501
Jamiyat
90436
Jamiyat
74461
Jamiyat
//
Izoh yo‘q