Jamiyat
Olimjon Ismoilov besh yil muddatga Toshkent shahri sudi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
U 2024-yil sentyabridan beri Oliy sud raisi o‘rinbosari va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hay’ati raisi lavozimlarida ishlagan edi.
O‘zbekiston prezidentining 17-dekabrdagi tegishli farmoyishlariga muvofiq Ulug‘bek Almamedov besh yil muddatga Toshkent shahar ma’muriy sudining raisi lavozimiga, Baxodir Ergashev sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Maxmud Urazbayevich Eshimbetov Qoraqalpog‘iston Ma’muriy sudi raisi lavozimiga besh yil muddatga saylandi.
Farrux Abduraimov besh yil muddatga Sirdaryo viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111015
Jamiyat
94505
Jamiyat
90441
Jamiyat
74476
Jamiyat
//
Izoh yo‘q