Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifini 19-dekabr kuni Imperator Naruxito bilan uchrashuvdan boshladi.
Uchrashuv davomida Yaponiya imperatori davlat rahbarini samimiy qutlab, ushbu tashrif O‘zbekiston–Yaponiya do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim voqea ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston yetakchisi imperator Naruxitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni izchil qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik izhor etdi.
.png)
Shuningdek, tomonlar o‘zbek va yapon xalqlarini geografik jihatdan olis masofa ajratib tursa-da, mentalitet, urf-odatlar va oilaviy qadriyatlar o‘xshashligi, hamda ildizlari Buyuk Ipak yo‘li davriga borib taqaladigan tarixiy aloqalar bog‘lab turganini qayd etdilar.
Ikki tomonlama hamkorlik, ayniqsa, ta’lim, kadrlar tayyorlash va madaniy-gumanitar almashinuvlar yo‘nalishida kengayib borayotgani ta’kidlanib, bugunga qadar 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassis Yaponiyada amaliyot o‘tagani, 440 nafardan ziyodi stipendiya asosida oliy ma’lumot olgani, O‘zbekistondagi 7 ta universitetda yapon tili o‘qitilayotgani keltirildi.
.png)
Shuningdek, tashrif doirasida Tokioda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilgani, kelgusi yili esa Yaponiyaning bir nechta shaharlarida O‘zbekiston madaniyati va tarixiga bag‘ishlangan arxeologik ko‘rgazma tashkil etilishi rejalashtirilgani bildirildi.
Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev imperator Naruxitoni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.
.png)
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
110005
Jamiyat
94297
Jamiyat
90154
Jamiyat
73444
Jamiyat
//
Izoh yo‘q