Siyosat
“Xaneda” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 19-20-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vaziri Sanaye Takaichi va boshqa rasmiylar, ishbilarmon doiralar hamda akademik hamjamiyat vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etadi.

Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz Prezidentni qizgʻin kutib oldi. Davlat rahbari ular bilan suhbatlashdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtdoshlarimizning orzu-umidlari, maqsad va rejalari haqida ochiq va samimiy muloqot boʻlib oʻtdi.
Prezidentimiz vatandoshlarimizga ishi va oʻqishida muvaffaqiyatlar tilab, ular kunchiqar yurtda orttirgan bilim va tajribalar vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112452
Jamiyat
95116
Jamiyat
91358
Jamiyat
76036
Jamiyat
//
Izoh yo‘q