Jahon
Disneyʻning Zootopia 2 multfilmi Xitoyda eng koʻp daromad keltirgan xorijiy animatsion filmga aylandi. Multfilmdagi yorqin ranglarga ega koʻk piton iloni – Gari, ayniqsa Xitoyda katta mashhurlikka erishdi. Bu esa multfilmning mashhur qahramonlaridan biriga oʻxshash zaharli koʻk ilonlarni uy hayvoni sifatida boqishni xohlaydigan muxlislar soni ortishiga sabab boʻldi.
Ushbu holat oʻz navbatida zaharli ilonni sotib olish hamda parvarishlashning qonuniyligi borasidagi savollarni oʻrtaga chiqardi. Natijada, oradan koʻp oʻtmay aksariyat ilon sotuvi eʻlonlari savdo platformalaridan olib tashlangan.
Xabarlarga koʻra, animatsion film Xitoyda namoyish etilganidan buyon 3,15 milliard yuan, yaʼni taxminan 445 million AQSh dollari yigʻgan. Qolaversa, ilon shaklidagi yumshoq oʻyinchoqlar ham eng talabgir mahsulotlaridan biriga aylangan.
Maʼlumot uchun, bunday hodisa xitoyliklar uchun notanish emas. 2024-yil oxiriga kelib, Xitoyda 17 milliondan ortiq ekzotik hayvonlar uy sharoitida boqilayotgani aniqlangan. Ularning egalarining 60 foizdan ortigʻini – Z avlod, yaʼni yoshlar tashkil etadi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
111599
Jamiyat
94637
Jamiyat
90623
Jamiyat
75093
Jamiyat
//
Izoh yo‘q