Jahon
Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati, Koo-Chati qishlogʻida yashovchi 4-sinf oʻquvchisining qor beligacha kelsa ham, maktabga ketayotgani aks etgan video internetda keng tarqaldi. Qirgʻiziston prezident Sadir Japarov ushbu oʻquvchi bilan koʻrishdi.
Prezident matbuot xizmati rahbarining maʻlum qilishicha, davlat rahbari qor yogʻganiga qaramay, muntazam ravishda maktabga qatnayotgan bolaning saʻy-harakatlaridan mamnun boʻlgan. Shu munosabat bilan Sadir Japarov oʻquvchini anʻanaviy Prezident archasi tadbiriga taklif etishni hamda davlat rahbari nomidan esdalik sovgʻasi topshirishni buyurgan.
Shuningdek, Prezident bolakay bilan shaxsan uchrashib, unga bir necha sovgʻalar: kompyuter, toʻp va oʻzining eski mobil telefonini bergan.
“Sening videoingni koʻrganimda, oʻzimning bolaligimni esladim. Oʻsha paytlar yarim metr, bir metr qor yoqqanda traktor yoʻl ochib berardi, biz esa yoʻlchadan maktabga qatnardik” deya eslagan Prezident Japarov.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111629
Jamiyat
94642
Jamiyat
90632
Jamiyat
75124
Jamiyat
//
Izoh yo‘q