Madaniyat
16-dekabr kuni Tokio shahridagi “Ginza” saroyida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” tadbirlarining ochilish marosimiga bagʻishlangan konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Ochilish marosimi doirasida Oʻzbekistonning taniqli sanʼatkorlari ishtirokida boy madaniy dastur namoyish etildi. Tadbirda Oʻzbekiston madaniyati, milliy musiqa va raqs sanʼati namunalariga keng oʻrin berildi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ushbu tadbir Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi doʻstlik, oʻzaro hurmat va madaniy aloqalarning muhim ifodasi ekanini taʼkidladi. Uning qayd etishicha, ikki xalqni qadimiy tarix, boy madaniyat va anʼanalarga sadoqat birlashtiradi, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar esa siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda izchil rivojlanib bormoqda.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Oʻzbekiston ochiq va zamonaviy davlat sifatida xalqaro maydonda yanada tanilib borayotgani, madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish davlat siyosatining muhim yoʻnalishiga aylangani qayd etildi.
Konsert dasturida Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandalari, “Tumor” raqs ansambli, “Nihol” mukofoti sovrindori Umid Isroilov, Oʻzbekiston Qahramoni va xalq artisti Munojat Yoʻlchiyeva, xizmat koʻrsatgan artist Ilyos Arabov, xalq artisti Zulayxo Boyxonova, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Shaxnoza Yoqubjonova, Oʻzbekistonning Yaponiyadagi madaniyat elchisi Mashu Komazaki, xizmat koʻrsatgan artist Abdurashid Yoʻldoshev hamda xalq artisti Gulsanam Mamazoitova ishtirok etdi.

Maʼlum qilinishicha, “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” doirasida Yaponiyada sanʼat ustalari ishtirokidagi konsert dasturlari, fotokoʻrgazma hamda bir qator rasmiy uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
109996
Jamiyat
94293
Jamiyat
90150
Jamiyat
73432
Jamiyat
//
Izoh yo‘q