Ijtimoiy-ma’naviy yo‘nalishda nashr qilingan o‘quv va ilmiy-metodik kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

Saqlash
18:32 / 17.12.2025 51 0

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan “Yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha o‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalar, uslubiy tavsiya, ma’rifiy adabiyot va media mahsulotlar majmuasini yaratish” mavzusidagi amaliy – maqsadli loyiha doirasida tayyorlangan kitoblar, ilmiy ishlanma va risolalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

 

Ushbu loyihaga mamlakatimizning turli hududlaridan 40 nafardan ortiq professorlar, doktorant va izlanuvchilar jalb qilingan.

 

 

Taqdimot tadbirida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, shuningdek, kitoblar, ilmiy ishlanma va risolalar mualliflari so‘zga chiqib, mazkur to‘ֲplamlarning bugungi kundagi ahamiyati xususida fikr bildirib o‘tdilar.

 

 

Ta’kidlash joiz, loyiha doirasida O‘zbekistonda aholi, xususan, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, sog‘lom dunyoqarashini shakllantirish, ta’lim, ma’rifat sohalarini isloh qilishning yangi mexanizmlari ishlab chiqilgan hamda loyiha bo‘yicha tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.

 

 

Loyiha doirasida hisobot davri mobaynida, Scopus bazasidagi jurnallarda 2 ta, OAK ro‘yxatidagi jurnallarda 56 ta, xorijiy jurnallarda 38 ta, xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalar to‘plamlarida 155 ta, Internet saytlarida 8 ta, markaziy nashrlar – gazetalarda 60 ta maqolalar nashrdan chiqqan. Shuningdek, o‘quv-uslubiy ishlar 27 ta, monografiyalar 10 ta, risolalar 12 ta, 1 ta darslik chop etilib, 2 ta media mahsulotlar, 18 ta targ‘ibot materiallari tayyorlandi.

 

 

Bundan tashqari, “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari”, “Davlat tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha metodik qo‘llanma”, “Ijtimoiy safarbarlik”, “Ijtimoiy-tarmoqlar ta’siri. Ota-onalar va o‘quvchilar uchun tavsiyaviy metodik qo‘llanma”, “Dolzarb 90 kun – 90 imkoniyat  uslubiy qo‘llanma”, Yoshlarni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda Oila, Mahalla va ta’lim muassasalarida manzilli ishlarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, “Buzg‘unchi g‘oyalar va ma’naviy tahdidlar”, “Yangi O‘zbekiston fidoyisi” kabi uslubiy-qo‘llanmalar nashr etilib, mamlakatda faoliyat olib boruvchi barcha rahbar xodimlar, davlat tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari, yetakchilari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, mutaxassislar va keng kitobxonlar ommasiga taqdim etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//