Jamiyat
Butunjahon turizm tashkiloti (BMT Turizm) tomonidan e’lon qilingan so‘nggi tahliliy ma’lumotlarga (World Tourism Barometer) ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijiy sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha dunyo miqyosida eng yuqori o‘sish qayd etilgan TOP-7 davlatlar qatoriga kirdi.
Xususan, mamlakatga tashrif buyurgan xalqaro turistlar oqimi 2019-yil darajasiga nisbatan 73 foizga oshib, O‘zbekistonning global turizm makonidagi mavqei izchil mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatdi.
Mazkur natijalar Yevropa mintaqasi doirasida ham O‘zbekiston turizmiga berilayotgan ijobiy baholarning yaqqol ifodasi bo‘ldi. BMT Turizm reytingiga muvofiq, 2019-yilga nisbatan turistlar sonining o‘sish sur’atlari bo‘yicha O‘zbekiston Yevropa mintaqasining eng yaxshi natija qayd etgan davlatlari qatoridan 2-o‘rinni oldi.

2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekistonga kelgan xalqaro turistlar soni 2024-yilga nisbatan 13 foizga oshdi, natijada mamlakat Yevropa mintaqasida eng yuqori o‘sish qayd etgan TOP–4 turistik yo‘nalishlar qatoriga kiritildi.
Ma’lumot berilishicha, 2025-yilda mamlakat o‘z rekordlarini yangiladi: dastlabki 11 oyda 10,7 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, aprel oyidan boshlab esa tarixda birinchi marta har oyda milliondan ortiq sayyoh kelmoqda. Turistik xizmatlar eksportidan olingan daromadlar 4,4 milliard dollardan oshdi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109980
Jamiyat
94289
Jamiyat
90147
Jamiyat
73419
Jamiyat
//
Izoh yo‘q