Raqobat qo‘mitasi nodavlat ta’lim markazlarini ogohlantirdi

Saqlash
13:45 / 17.12.2025 86 0

Raqobat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda iste’molchilarning eng ko‘p e’tirozlariga sabab bo‘layotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ro‘yxati e’lon qilindi.

 

Qayd etilishicha, 2024–2025-yillar davomida nodavlat ta’lim xizmatlari bo‘yicha 1 200 ga yaqin murojaat qabul qilingan.

Ularning asosiy qismi quyidagi o‘quv markazlari va onlayn ta’lim platformalari hissasiga to‘g‘ri kelgan:

 

  • Newton Academy, NewTone school;

  • MyTeacher onlayn ingliz tili kursi;

  • “Prep.uz” onlayn rus tili kursi;

  • “Badavlat ayol” loyihasi;

  • “Qadam Education” o‘quv markazi;

  • Lerna, Skillbox, Geekbrains;

  • “Interno Edu” MCHJ;

  • Englify MCHJ;

  • Niyat Education;

  • Sevenedu onlayn til markazi.

 

Tahlillarga ko‘ra, qator nodavlat ta’lim xizmatlarida ta’lim sifati qoniqarsizligi, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun to‘lov undirilishi, shartnoma shartlari va pulni qaytarish tartibi bo‘yicha yetarli ma’lumot berilmasligi kabi holatlar kuzatilmoqda.

 

Shu bilan birga, “Uzum Nasiya”, “Shaffof moliya”, Paylater va boshqa muddatli to‘lov platformalari orqali tuzilgan shartnomalarni bekor qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani, reklamada berilgan va’dalar amalda bajarilmayotgani to‘g‘risida e’tirozlar bildirilgan.

 

Qo‘mita shu kabi muassasalarni qonunchilikka, litsenziya talablariga, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishga chaqirgan va javobgarlik to‘g‘risida eslatgan.

 

Nodavlat ta’lim xizmatlaridan foydalanishda xizmat ko‘rsatuvchining faoliyati, litsenziyasi va ruxsatnomalarini oldindan tekshirish lozimligi ta’kidlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//