Jamiyat
Qirg‘iziston fan, oliy ta’lim va innovatsiya vaziri Baktiyor Orozov “davlat va munitsipal xodimlarning etika me’yorlarga rioya qilmagani uchun” lavozimidan ozod qilindi.
Ma’lumot berilishicha, ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi farmonni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov imzoladi. Bu haqda 15-dekabr kuni davlat rahbarining veb-saytida e’lon qilindi. Qo‘shimcha tafsilotlar keltirilmadi.
Kaktus.media yozishicha, Orozov 15-dekabr kechasi Chuy viloyatining Koy-Tosh qishlog‘ida mast holda mashina boshqarayotganida hibsga olingan. Keyinchalik viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bu ma’lumotni tasdiqladi.
“Tekshiruv davomida haydovchida alkogol mastligi belgilari kuzatildi. Shuning uchun u Bishkek markaziy narkologiya bo‘limiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuborildi va uning alkogol iste’mol qilgani tasdiqlandi. Haydovchiga nisbatan Huquqbuzarlik kodeksining 193-moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzildi. Avtomobil ixtisoslashtirilgan jarima maydonchasiga joylashtirildi”, — deyiladi tashkilot xabarida.
Kaktus.media e’lon qilgan videoda Orozovning o‘zi pivo ichganini aytgan.
Ma’lumot uchun, Baktiyor Orozov 2025-yil may oyidan beri Fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111552
Jamiyat
94624
Jamiyat
90616
Jamiyat
75057
Jamiyat
//
Izoh yo‘q