Jamiyat
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 15-dekabr — Butunjahon turkiy tillari kuni munosabati bilan Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning “Go‘zal Turkiston” she’ridan parcha o‘qidi.
“Bosqin va zulm chidab bo‘lmas darajaga yetgan 1930-yillari O‘zbekistonning jasur o‘g‘loni Sulaymon Cho‘lpon, keyinchalik otib tashlanib, badalini hayoti bilan to‘lagan she’rida, shunday faryod urgandi:
Go‘zal Turkiston, senga ne bo‘ldi?
Saxar vaqtida gullaring so‘ldi.
Chamanlar barbod, qushlar ham faryod,
Hammasi mahzun. Bo‘lmasmi dil shod?
Bilmam ne uchun qushlar uchmas bog‘chalaringda?
So‘nggi ikki asrimiz faqat millatimiz uchun emas, balki butun Turk dunyosi uchun ham qiyinchiliklar, iztiroblar, mashaqqatlar va bosqinlar bilan o‘tdi. Madaniy geografiyamizning ko‘plab hududlarida o‘sha zaminning qadimiy o‘zlikliklari, tillari, e’tiqodiy qadriyatlari taqiqlandi, xalqlar parchalandi. Tom ma’noda hazon faslini yashadik.
Ozarboyjon shoiri Rustam Behrudiy bir davr go‘yo butun Turk dunyosining taqdiriga aylangan manzarani shunday tasvirlaydi:
U qaysi millatdir – taqdiri sirdir.
Yuz otga bo‘lindi, baribir birdir”.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on turkiylarning yagona yurak va yagona bilak bo‘lib birlashmasligi uchun ne-ne qatag‘onlar uyushtirilganini ta’kidladi.
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
110902
Jamiyat
94482
Jamiyat
90406
Jamiyat
74369
Jamiyat
//
Izoh yo‘q