Jamiyat
Universitetlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda turli darajadagi qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Memorandumlar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamda 11 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasi Talabalar kengashlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv universitetlararo ijtimoiy, madaniy, akademik, sport, IT va startap yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

Tadbirda universitet rahbariyati, yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullar hamda Talabalar kengashi yetakchilari ishtirok etib, talabalar faolligini oshirish, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Memorandum asosida qo‘shma loyihalar, hakatonlar, sport musobaqalari, treninglar, amaliyot va stajirovka dasturlarini birgalikda tashkil etish rejalashtirilgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111617
Jamiyat
94640
Jamiyat
90627
Jamiyat
75114
Jamiyat
//
Izoh yo‘q