Siyosat
Vatikanning Havoriylar saroyida O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Farrux Tursunov Rim Papasi Lev XIVga ishonch yorliqlarini topshirdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Suhbat chog‘ida elchi O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, demokratik institutlarni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti nomidan Rim papasiga samimiy salom va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Rim papasi Lev XIV O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga chuqur hurmat-ehtiromini izhor etdi. U O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon o‘tgan 33 yil davomida turli millat va din vakillari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qaratilgan mustahkam hamkorlik salohiyati shakllanganini ta’kidladi. Shuningdek, u Samarqandning Sharq va G‘arb dunyosiga ta’sir ko‘rsatadigan falsafiy va diniy tafakkurning yirik markazi sifatidagi ahamiyatiga alohida e’tibor berdi. O‘zbekiston an’anaviy ravishda dinlararo totuvlik va bag‘rikenglik tamoyillarini ilgari surish tarafdori ekani, bu boradagi xalqaro tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida Rim papasi Lev XIV o‘zbek xalqining gullab-yashnashi uchun ibodat qilishini ta’kidlab, O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasidagi do‘stlik va konstruktiv hamkorlik yanada mustahkamlanishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi hisoblanadi. 2024-yil 9-aprel kuni diplomat Ispaniya Qiroli Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirgan.
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112152
Jamiyat
94836
Jamiyat
90894
Jamiyat
75686
Jamiyat
//
Izoh yo‘q