Madaniyat
Ozarboyjonda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romani ozarboyjon tilida nashrdan chiqdi.
Bu haqda ozarboyjonlik olim, professor Seyfaddin Rzasoy yozarkan, Alisher Navoiy barcha turkiy xalqlarning tengsiz va barhayot siymosi ekani, Navoiy timsoli nafaqat oʻzbeklar, balki ozarboyjon xalqining ham badiiy-shuuriy ruhini ifodalashini alohida taʼkidlab oʻtgan.
“Roman boshidan oxirigacha milliy xotiraga yoʻgʻrilgan chaqiriq, turklik ruhining uygʻonishi, oʻzlikka qaytish sadolaridan iborat. Shu maʼnoda, asarning badiiy tuzilishini tashkil etuvchi barcha unsurlar (obrazlar, syujet, epizodlar, dialoglar, gʻoyalar...) bizga oʻzbek insoni timsolida turkiy ruhning “dostoni”ni hikoya qiladi. Muallif bu ruhning turklik va islom orqali shakllanganini, turkiy oʻzlikning barcha maʼnaviy-falsafiy salohiyati islom-turk ruhida joʻshqinlik kasb etganini yorqin badiiy manzaralar bilan aks ettiradi”, deb yozadi u.
“Fuyuzat” nashriyotida chop etilgan asar Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasining bosh ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori Gʻolib Sayilov tomonidan tarjima qilingan. Maʼlumot uchun nashriyot mazkur romanni turkiyalik tarjimon Sema Eynel tarjimasida turk tilida ham nashr qilgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110441
Jamiyat
94391
Jamiyat
90270
Jamiyat
73895
Jamiyat
//
Izoh yo‘q