Fan olimpiadalari gʻoliblari va ularning ustozlariga pul mukofotlari topshirildi

Saqlash
14:52 / 15.12.2025 52 0

Toshkentda 2025-yilda Xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblari boʻlgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Joriy yilda bilimli yoshlarimiz jami 210 ta medal, shundan 40 ta oltin, 78 ta kumush va 92 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

 

2025-yilda ilk marta nufuzli xalqaro fan olimpiadasida oltin medal olgan oʻquvchilarga 1 mlrd soʻmdan koʻproq pul mukofoti berildi.

 

 

 

Jumladan, Daler Rahimov hamda Mirjahon Muhammadov 1 mlrd 39 mln soʻmdan, ustozlardan Mohira Boltayeva 591 mln soʻm mukofot pulini qoʻlga kiritdi.

 

Nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadasida (IMO, IChO, IBO, IPhO, IOI) sovrindor boʻlgan oʻquvchilarga quyidagi miqdorda pul mukofoti beriladi:

 

Oltin medal uchun: 1 mlrd 30 mln soʻm;

Kumush medal uchun: 618 mln soʻm;

Bronza medali uchun: 412 mln soʻm.

 

Ularning ustozlariga esa:

Oltin medal uchun: 185 mln 400 ming soʻm;

Kumush medal uchun: 103 mln soʻm;

Bronza medali uchun: 61 mln 800 ming soʻm.

 

Joriy yilda gʻoliblarga jami 13 mlrd soʻm mukofot puli berildi. 2024-yil bu miqdor 3,5 mlrd soʻmni tashkil qilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//