Madaniyat
15-dekabr kuni xalqaro hamjamiyat ilk bor Butunjahon turkiy tillar kunini nishonlamoqda. Ushbu qaror noyabr oyida Samarqandda boʻlib oʻtgan YUNESKO Bosh konferensiyasida qabul qilingandi. Tashkilot buni insoniyatning umumiy merosini boyitadigan til xilma-xilligini tan olish yoʻlidagi muhim qadam deb hisoblaydi.
“Bu sanani tanlash ramziydir va chuqur maʻnoga ega. 1893-yil 15-dekabrda daniyalik tilshunos Vilgelm Tomsen bizga maʻlum boʻlgan eng qadimgi yozma manbalardan biri – Oʻrxun-Enasoy yozuvlari alifbosi muvaffaqiyatli oʻqilganini eʻlon qilgandi. Yozuvlar qadimgi turkiylar tomonidan eramizning VIII asrida hozirgi Moʻgʻuliston hududidagi Oʻrxun vodiysida yaratilgan va 1889-yilda topilgan. Tomsenning bu yutugʻi bugungi kunda butun Yevroosiyo boʻylab oʻnlab jamoalarni bogʻlab turgan til anʻanasi haqida bebaho tushuncha beradi”, deyiladi BMT xabarida.
YUNESKOʻning taʻkidlashicha, turkiy tillar oilasiga mansub ozarbayjon, qozoq, qirgʻiz, turk, turkman va oʻzbek tillari taxminan 12 million kvadrat kilometr maydondagi 200 milliondan ortiq aholi uchun ona tili hisoblanadi.
Turkiy tillardagi boy hujjatli meros, shuningdek, yorqin ogʻzaki anʻanalar 10 dan ortiq davlatni birlashtiradi.
Butunjahon kunini nishonlash tashabbusi bilan Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Oʻzbekiston chiqqandi. Buni 21 mamlakat qoʻllab-quvvatladi.
YUNESKO Butunjahon turkiy tillar kunini eʻlon qilish orqali til hamkorligi, madaniy yaqinlashuv va sivilizatsiyalar oʻrtasidagi muloqotning muhimligini taʻkidlaydi.
Tashabbus tilshunoslik tadqiqotlari, taʻlim va madaniy almashinuv sohalarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. YUNESKOning qayd etishicha, ushbu sana keng masshtabli ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va turkiy tillarni asrashga qaratilgan global muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Butunjahon turkiy tillar kunida madaniy va ilmiy tadbirlar, jumladan, til merosiga bagʻishlangan koʻrgazmalar, maʻruzalar va ommaviy munozaralar, adabiy va sheʻriy kechalar oʻtkaziladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110441
Jamiyat
94391
Jamiyat
90270
Jamiyat
73895
Jamiyat
//
Izoh yo‘q