Jamiyat
13-dekabr kuni AQSHning Braun universitetida sodir boʻlgan otishma natijasida 2 talaba halok boʻldi. Tashqi ishlar vazirligi ularning biri oʻzbekistonlik Muhammadaziz Umurzoqov ekanini tasdiqladi.
13-dekabr kuni AQSHning Rod-Aylend shtati Providens shahridagi Braun universitetida otishma sodir boʻldi. Qurollangan shaxs oʻquv kampusidagi talabalarga qarata oʻq uzdi. 2 kishi halok boʻldi, 8 talaba esa jarohatlandi.
Sodir boʻlgan otishma oqibatida halok boʻlgan talabalardan biri oʻzbekistonlik Muhammadaziz Umurzoqov edi. Bu haqda birinchi boʻlib uning oila aʼzolari GoFundMe saytidagi murojaatida xabar berdi. Oʻzbekiston TIV matbuot kotibi uning vafotini tasdiqladi.
“U nihoyatda mehribon, xushchaqchaq va aqlli edi. Neyroxirurg boʻlish va odamlarga yordam berish katta orzusi edi. U har jihatdan oilamizning eng yorqin namunasi boʻlib qolmoqda. U har doim ehtiyoji boʻlgan har bir kishiga hech ikkilanmasdan yordam qoʻlini choʻzardi va oilamizdagi eng oqkoʻngil inson edi. Oilamiz bu yoʻqotishdan chuqur iztirobda”, — deya GoFundMeʼda xabar qoldirgan Umurzoqov qarindoshi.
.jpg)
GoFundMe – odamlarga bayramlar va bitirish marosimlari kabi hayotiy voqealardan tortib, baxtsiz hodisalar va kasalliklar kabi qiyin vaziyatlargacha boʻlgan turli xil tadbirlar uchun mablagʻ yigʻish imkonini beruvchi Amerika onlayn xayriya platformasidir.
Hozirga qadar GoFundMeʼning 3 mingdan ortiq foydalanuvchisi oilani qoʻllab-quvvatlash uchun qariyb 135 ming dollar xayriya qilgan.
“Uning halok boʻlgani munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Mazkur fojia oqibatida begunoh insonlarning hayotdan koʻz yumgani barchamiz uchun ogʻir yoʻqotishdir”, deyiladi Oʻzbekiston TIV xabarida.
Oʻzbekiston AQSHdagi vakolatxonalari vakillari marhumning qarindoshlari bilan doimiy aloqada boʻlib, AQSHning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha masalalar yuzasidan yaqindan ish olib bormoqda, deya qoʻshimcha qildi TIV.
Amerika-Oʻzbekiston assotsiatsiyasi ham Muhammadaziz Umurzoqovning oila aʼzolariga fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Maʼlumotlarga koʻra, u AQSHda katta boʻlgan va Virjiniya shtatining Midlotian shahridagi maktabni tamomlagan.
Otishma boʻyicha qoʻlga olingan shaxs aybi isbotlanmagani uchun qoʻyib yuborildi. Hozirda AQSH huquq-tartibot idoralari qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
109949
Jamiyat
94286
Jamiyat
90135
Jamiyat
73387
Jamiyat
//
Izoh yo‘q