Oʻzbekiston para sportchilari Osiyo oʻyinlarida umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi

Saqlash
09:47 / 15.12.2025 37 0

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan V yoshlar Para Osiyo oʻyinlarida tarixiy natija qayd etgan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

 

Mazkur musobaqada Oʻzbekiston yosh para sportchilari jami 197 ta – 99 oltin, 57 kumush va 41 bronza medalini qoʻlga kiritdi hamda umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi.

 

 

Para pauerliftingchimiz Bahriddin Xolboʻtayev 54 kg vazn toifasidagi sportchilar bellashuvida 121 kglik toshni koʻtarib, oltin medalni qoʻlga kiritish bilan birga Osiyo rekordini oʻrnatdi.

 

7-14-dekabr kunlari boʻlib oʻtgan musobaqalarda qitʼamizning 35 mamlakatidan 1500 nafarga yaqin atletlar 11 ta sport turi boʻyicha bellashdi.

 

Oʻzbekiston delegatsiyasi para yengil atletika, para taekvondo, bochcha, para suzish, para armrestling, para pauerlifting boʻyicha musobaqalarda ishtirok etdi.

 

 

Maʼlumot uchun, 2021-yil Bahraynda oʻtkazilgan IV para Osiyo oʻyinlarida yurtdoshlarimiz umumjamoa hisobida 16 ta medal (11 oltin, 1 kumush, 4 bronza) olib, 6-oʻrinni egallagandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//