O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi

Saqlash
11:04 / 14.12.2025 55 0

12-dekabr kuni Qirg‘iz Respublikasining O‘sh shahrida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, O‘sh shahar hokimi Jenishbek Toktorbayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidentining O‘sh viloyatidagi vakolatli vakili Amankan Kenjebayev, Qirg‘iz Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri o‘rinbosari Askarali Madaminov shuningdek, O‘sh shahar aholisi ishtirok etdi.

 

Haykal O‘sh shahrining Qurmandjan Datka va Navoiy ko‘chalari kesishgan joyda o‘rnatilgan. Bundan tashqari, ayni paytda O‘shda Alisher Navoiy nomini olgan dam olish bog‘i, maktab va ko‘cha ham faoliyat yuritib kelmoqda.

 

O‘sh shahri hokimiyatining ta’kidlashicha, haykalning ochilishi Qirg‘iz va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik munosabatlari mustahkamlanishining, shuningdek, umumiy madaniy merosga bo‘lgan hurmatning ramzi bo‘ldi.

 

Ma’lumot uchun, O‘sh shahrida Bobur nomidagi o‘zbek akademik teatri mavjud. U nafaqat Qirg‘iz balki O‘zbekiston uchun ham muhim madaniyat maskan hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//