Jamiyat
O‘zbekistonda IELTS'dan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetdi. Bu haqda Toshkent shahrida joylashgan Yoshlar ijod saroyida ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumida aytib o‘tildi.
Xabarga ko‘ra, 8,5-9 ball (C2 daraja) olgan yoshlar soni 2020-yilga nisbatan 47 baravarga oshgan.
Ta’kidlanishicha, 2020–2025-yillar oralig‘ida IELTS imtihonidan 5,5 (B2 daraja) va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 245,7 ming nafarni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumida respublika bo‘ylab 700 ga yaqin o‘quv markazi vakillari, ta’lim sohasida katta tajribaga ega TOP spikerlar, mashhur blogerlar va ta’lim yo‘nalishida kontent yaratuvchi mutaxassislar jamlangan.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112452
Jamiyat
95116
Jamiyat
91358
Jamiyat
76036
Jamiyat
//
Izoh yo‘q