“Oʻzbekiston menda yashaydi” milliy kontentlar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Saqlash
15:30 / 12.12.2025 48 0

Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan “Oʻzbekiston menda yashaydi” milliy kontentlar tanlovini eʻlon qilgan edi. Tanlov yoshlar orasida katta qiziqishlarga sabab boʻldi, jami 300 dan ortiq ishtirokchidan mingdan ortiq ijodiy ish kelib tushdi.

 

Hakamlar hayʻatining xulosalariga koʻra tanlov gʻoliblari aniqlandi.

 

“Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi:

 

1-oʻrin – Baxtiyar Qudenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

2-oʻrin – Behzod Shomurodov, Surxondaryo viloyati,

3-oʻrin – Mustafo Anvarjonov, Fargʻona viloyati.

Ushbu nominatsiyada 1-oʻrin – 30 000 000 soʻm, 2-oʻrin – 20 000 000 soʻm, 3-oʻrin – 15 000 000 soʻm miqdorida mukofotlandi.

 

“SI yordamida tayyorlangan eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi:

 

1-oʻrin – Erkin Xushmatov, Navoiy viloyati,

2-oʻrin – Behzod Hamzayev, Xorazm viloyati,

3-oʻrin – Asliddin Xoʻjanov, Toshkent shahar.

 

Ushbu nominatsiyada 1-oʻrin – 20 000 000 soʻm, 2-oʻrin – 15 000 000 soʻm, 3-oʻrin – 10 000 000 soʻm pul bilan mukofotlanadi.

 

“Eng yaxshi rasmlar toʻplami” nominatsiyasi:

 

1-oʻrin – Behzod Boltayev, Buxoro viloyati,

2-oʻrin – Eʻzoza Umrzoqova, Navoiy viloyati,

3-oʻrin – Behzod Sobirjonov, Namangan viloyati.

 

Mazkur nominatsiyada 1-oʻrin – 10 000 000 soʻm, 2-oʻrin – 8 000 000 soʻm, 3-oʻrin – 5 000 000 soʻm pul bilan mukofotlandi.

 

Hakamlar tomonidan “Eng koʻp ovoz yigʻgan videorolik” nominatsiyasi uchun 3 ta ijodiy ish tanlab olindi. Ular Kamron Rahmatullayev (Andijon viloyati), Shohrux Neʻmatov (Toshkent shahri), Nurjamal Nurullaeva (Qoraqalpogʻiston Respublikasi).

 

Mazkur ijodiy ishlar Oyina.uz portalining telegram kanalida ovozga qoʻyildi, ovoz berish jarayoni 12-oktabr, soat 20:00ga qadar davom etadi. Ovozlar miqdoriga qarab 1, 2, va 3-oʻrinlar aniqlanadi:

 

1-oʻrin – Nurjamal Nurullaeva, Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

2-oʻrin – Kamron Rahmatullayev, Andijon viloyati,

3-oʻrin – Shohrux Neʻmatov, Toshkent shahri.

 

Mazkur nominatsiyada 1-oʻrin – 15 000 000 soʻm, 2-oʻrin – 12 000 000 soʻm, 3-oʻrin – 10 000 000 soʻm pul mukofotini qoʻlga kiritdi.

 

Oyina.uz portalini kuzatib boring, tez orada yangi tanlovlarni eʻlon qilamiz.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//