Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash doirasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovlari oʻtkazildi.
Tanlovni oʻtkazish jarayonida Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari faoliyatining samarali yoʻlga qoʻyilganligi, Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarining tashkil etilganligi, maʼnaviyat boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasi holati, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish borasida shakllangan oʻziga xos tajriba, yoshlar siyosati va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar uchun masʼul boʻlgan rahbarlar faoliyati tahlili, gazeta va jurnallarga obuna holati, tadbirlarga yoshlar qamrovi kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratgan vazirlik-idora va tuman (shahar)larning faoliyatiga ustuvorlik berildi.
.jpg)
Yangilangan nizom talablaridan kelib chiqib bu yil birinchi marta tanlovlarning hududiy bosqichi tashkil etildi, yaʼni barcha tuman (shahar)lar hududiy komissiyalar tomonidan oʻrganildi. Oʻrganishlar natijasiga koʻra, oʻz hududida 1-oʻrinni egallagan 14 ta (har bir hududdan 1 tadan) tuman (shahar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari tomonidan 2025-yilda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
.jpg)
Baholash natijalariga koʻra,
“Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida:
Bosh prokuratura 1-oʻrin,
Bojxona qoʻmitasi 2-oʻrin,
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” 3-oʻrinni egalladi.
.jpg)
“Eng namunali tuman va shahar” tanlovida:
Qamashi tumani 1-oʻrin,
Chilonzor tumani 2-oʻrin,
Vobkent va Baliqchi tumanlari 3-oʻrinni egalladi.
.jpg)
Shuningdek,
“Davlat tilida ish yuritish boʻyicha eng namunali vazirlik-idora” – Adliya vazirligi;
“Eng faol kitobxon vazirlik-idora” – Biznesni rivojlantirish banki;
“Eng faol targʻibotchi vazirlik-idora” – Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
“Eng yaxshi vazirlik-idora sayti” – Milliy gvardiya;
“OAV va ijtimoiy tarmoqlarda eng faol vazirlik-idora” – Mudofaa vazirligi;
nominatsiyalari boʻyicha sovrindorlar taqdirlanib, maxsus diplom va 3 million soʻmlik kitoblar toʻplami bilan mukofotlandi.
Tanlovning taqdirlash marosimi 2025-yil 12-dekabr Toshkent shahridagi Milliy gvardiya “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi”da oʻtkazildi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109916
Jamiyat
94275
Jamiyat
90122
Jamiyat
73353
Jamiyat
//
Izoh yo‘q