Jamiyat
O‘zbekistonda chiqindi xizmatidan qarzdor 205 mingga yaqin abonentning elektr to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildi. Bu haqda 11-dekabr kuni Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, mamlakat bo‘yicha chiqindi xizmatidan qarzdorligini qoplamagan 204 895 ta abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov joriy etilgan. Bungacha respublikada chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan umumiy 20,1 milliard so‘m debitor qarzdorlik uchun jami 231 014 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamidan SMS xabarnoma orqali ogohlantirilgan.
Shundan so‘ng abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etish uchun 6-dekabrda 5 (besh) kun muddat berilgan va ushbu davrda 9,4 milliard so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan.
Ayni paytda chiqindi xizmatlaridan respublika kesimida jami 18,2 milliard so‘m debitor qarzdorlik mavjud. Iste’molchilar qarzdorlikni bartaraf etishi bilanoq elektr to‘loviga qo‘yilgan cheklov darhol yechiladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
110291
Jamiyat
94363
Jamiyat
90243
Jamiyat
73731
Jamiyat
//
Izoh yo‘q