Jamiyat
O‘zbekistonda dori-darmonlarni elektron retsept asosida berish tartibi joriy etildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 12-dekabrdan kuchga kirgan qarorida belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan 15 ta tuman va shaharlardagi (jadvalda ko‘rsatilgan) barcha tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini bemorlarga tayinlashda dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha (agar mavjud bo‘lsa) elektron retsept rasmiylashtiriladi.
Bemorlarga tayinlangan dori vositalari to‘g‘risidagi ma’lumot (xalqaro patentlanmagan yoki original dori nomi, kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi) elektron retseptga bevosita shifokor tomonidan kiritiladi hamda elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlanadi.
Elektron retseptda bir yoki bir nechta tashxis asosida 5 tagacha dori ko‘rsatilishi mumkin. Agar elektron retseptda 5 tadan ortiq belgilanishi lozim bo‘lsa, shifokor tomonidan qolganlari amaldagi tashxis qo‘yish va davolash standartlariga muvofiq qo‘shimcha asoslantiriladi.
Hujjatda belgilanishicha, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan 15 ta tuman va shaharlarda, 2026-yil yakuniga qadar esa respublikaning barcha hududlaridagi dorixonalar “Elektron retsept” moduli bilan belgilangan ma’lumotlarni real vaqt rejimida almashilishini ta’minlashi shart.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 2027-yil 1-yanvarga qadar retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash natijalaridan kelib chiqib, alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlovchi dori vositalarini ham elektron retsept asosida berish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
O‘zbekistonda dorixonalar tomonidan retsept asosida beriladigan dori vositasini retseptsiz berganlik uchun qonunchilikda dorixona xodimiga nisbatan javobgarlik belgilangan. Resept bo‘yicha beriladigan dorilar ro‘yxati Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi saytida keltirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109916
Jamiyat
94274
Jamiyat
90119
Jamiyat
73352
Jamiyat
//
Izoh yo‘q