Jamiyat
Oʻzbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda, Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qoʻshni davlatdagi gaz tarmogʻida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargan va hozir zarur choralar koʻrilmoqda.
“Birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini (maktab, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shifoxonalar, oliy taʼlim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash bosh vazifalarimizdan biri hisoblanadi”, deyiladi xabarda.
Shu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.
Vazirlik bu zaruriy choralar vaqtincha boʻlib, gaz bosimini meʼyorga keltirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilayotganini hamda holat haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini bildirdi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
110799
Jamiyat
94456
Jamiyat
90376
Jamiyat
74273
Jamiyat
//
Izoh yo‘q