Jamiyat
Bugun, 11-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oliy Majlisi vakillari, Pokiston Islom Respublikasi Prezidentining maslahatchisi va matbuot kotibi Murtazo Solangi, ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, fan, adabiyot va media sohalari namoyandalari ishtirok etdi.
.jpg)
.jpg)
“O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” kitobi badiiy-publitsistik asar bo‘lib, u Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan.
Muallif bu asarida O‘zbekiston va Pokiston yetakchilarining Markaziy va Janubiy Osiyoni o‘zaro bog‘laydigan transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan tashabbuslari va uyg‘un intilishlariga ham e’tibor qaratib, bu jarayon tom ma’noda qayta tiklanayotgan afsonaviy Buyuk ipak yo‘li ekanini ta’kidlagan.
Kitobda nafaqat O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari qalamga olingan, balki Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘li Pokiston va butun Sharq uchun namuna bo‘lishi urg‘ulangan.
.jpg)
Asarga so‘zboshini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yozgani esa ikki davlat rahbarlari va xalqlari o‘rtasidagi ishonch va yaqin do‘stlikning yorqin ramzidir.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu asar Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston g‘oyalarining ahamiyati xalqaro miqyosda yanada teran anglanishi, O‘zbekiston-Pokiston hamkorligi va do‘stligi yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Siyosat
109906
Jamiyat
94221
Jamiyat
90060
Jamiyat
73278
Jamiyat
//
Izoh yo‘q