Jahon
Shvetsiyada chiqindi, ayniqsa sigaret qoldiqlari muammosi mavjud. Yiliga milliarddan ortiq sigaret qoldigʻi koʻchalarga tashlab ketiladi. Odamlarni atrof-muhitni ifloslantirmaslikka targʻib qilish aytarli natija bermayapti.
Shvetsiyaning Corvid Cleaning kompaniyasi ushbu muammoga yangi yechim taklif qilgan. Kompaniya maxsus savdo avtomatini yaratdi. Qargʻa avtomatga sigaret qoldigʻini tashlaganda, avtomat unga yegulik – masalan, yeryongʻoq beradi.
Yangi texnika aqlli. U sigaret qoldigʻini choʻp yoki barg kabi narsalardan ajrata oladi. Faqat kerakli predmet avtomatga tushgandagina u yeryongʻoq chiqaradi.
Bu ragʻbatlantiruvchi tizim qargʻalarga “chiqindini ovqatga ayriboshlash mumkin” degan gʻoyani oʻrgatadi. Vaqt oʻtishi bilan ular yerdagi qoldiqlarni izlab topib, uni avtomatga olib kelishga odatlanadi.
Bu qargʻalar yovvoyi va erkin yashaydi. Ularni qafasda saqlashmaydi yoki laboratoriyalarda maxsus oʻrgatishmaydi. Ular oʻzlari xohlagan holda ushbu jarayonda ishtirok etadi.
“Biz qargʻalarni koʻchalarimizni tozalashga oʻrgata olamiz, ammo fikrlash qobiliyatiga ega odamlarni chiqindi qutilaridan foydalanishga majbur qila olmaymiz”, deya izoh bergan g‘oya mualliflaridan biri.
Hozircha startap ommaviy ishlab chiqarilgani yoʻq. Corvid Cleaning 2022-yildan beri boshqa shaharlarda ham bu texnikani yoyishga urinib kelmoqda. Biroq 2017-yilda Niderlandiyada “Crowbar” deb nomlangan xuddi shunday loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun hozircha hech kim Shvetsiya tajribasiga katta eʼtibor bergani yoʻq.
Madaniyat
Siyosat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
109906
Jamiyat
94221
Jamiyat
90059
Jamiyat
73278
Jamiyat
//
Izoh yo‘q