Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-12-dekabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligi eʻlon qilinganining 30-yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʻlon qilinganiga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Ashxobod shahrida boʻlib oʻtadigan tadbirda xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti forumning “Tinchlik va ishonch: barqaror kelajak yoʻlidagi maqsadlar mushtarakligi” mavzusida yalpi sessiyasida nutq soʻzlaydi.
Sammit doirasida Oʻzbekiston rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112152
Jamiyat
94836
Jamiyat
90894
Jamiyat
75686
Jamiyat
//
Izoh yo‘q