Madaniyat
“Bugun biz uchun muhim va tom ma’noda tarixiy kun. Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tayotgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning 20-sessiyasida Qoraqalpog‘istonning ikkita betakror madaniy qadriyati – qo‘biz va o‘tov YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga rasman kiritilganini iftixor bilan ma’lum qilaman.
.png)
Boy merosimizni asrab-avaylash va targ‘ib etishga hissa qo‘shgan barcha mohir ustalar, tadqiqotchilar, an’analarimiz himoyachilari hamda ixlosmandlarga minnatdorchilik bildiraman. Bu madaniyatimizga daxldor barchaning g‘alabasidir! Biz esa o‘zligimizni bemisl qiluvchi qadriyatlarimizni ko‘z qorachig‘idek saqlagan holda olg‘a qadam tashlashda davom etamiz”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Mazkur yangilik 9-dekabr kuni Hindistonning Dehli shahrida o‘tgan Nomoddiy madaniy meros qo‘mitasining 20-sessiyasi davomida e’lon qilindi.
“Ushbu meros jiddiy xavf ostida bo‘lib, mohir ustalar sonining kamayib borishi, yosh avlodning yetarli xabardor emasligi hamda mazkur bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazish va asrab-avaylashdagi qiyinchiliklar bunga sabab bo‘lmoqda”, — deyiladi YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabarida.
.png)
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109899
Jamiyat
94220
Jamiyat
90055
Jamiyat
73269
Jamiyat
//
Izoh yo‘q