Prezident bir guruh qishloq xoʻjaligi xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirladi

Saqlash
17:22 / 10.12.2025 48 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida bir qancha soha fidoyilari mukofotlandi.

 

“Albatta, bunday ulkan natijalar ortida dehqon va fermerlarimiz, klasterlar, umuman, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi har bir insonning mehnati, jasorati, fidoyiligi turibdi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ularning zahmati, mard va oliyjanob fazilatlari har qancha e’tirof va e’tiborga munosib”, dedi prezident.

 

 

Prezidentning shu yil 9-dekabrdagi farmoniga muvofiq, sohada alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhi faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Marosimda ana shu mukofotlar tantanali ravishda topshirildi. Prezident so‘zining davomida kelgusi yil uchun soha oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilab berdi.

 

“Men bir gapni takror aytishdan charchamayman. Ilm va izlanish bo‘lmagan sohada rivojlanish ham, yuksalish ham, taraqqiyot ham bo‘lmaydi”, – dedi davlatimiz rahbari.

 

“Bugun Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni arafasida sizlar bilan ko‘rishib, suhbatlashib, davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlashga qaror qildim”, dedi Prezident.

 

Paxta, g‘alla va bog‘dorchilikda keskin o‘zgarish qila olgan Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyati hokimlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari, Quva, Baliqchi, Do‘stlik, Quyi Chirchiq va Nukus tumani hokimlari ham bor.

 

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Prezident ularning qo‘shimcha takliflari va fikrlarini tingladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//