Siyosat
O‘zbekistonning ko‘plab joylarida soat 17:00 dan boshlab elektr energiyasi bir necha soatga o‘chirilishi haqida tarqalgan xabarlar rad etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
“Ushbu xabarlar mutlaqo noto‘g‘ri mazmunda bo‘lib, ijtimoiy tarmoq egalari tomonidan odamlarni o‘ziga jalb qilish maqsadida shu tartibda yozilgan”, deyiladi munosabatda.
Bildirilishicha, 9-dekabrda e’lon qilingan rasmiy xabarda ayrim hududlarning elektr ta’minotida asosan iste’mol ortgan pallalarda (soat 17:00-21:00 lar oralig‘ida) qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkinligi, agar bunga zarurat tug‘ilsa, iste’molchilar oldindan xabardor qilinishi aytilgan.
Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoq egalaridan tasdiqlanmagan va noto‘g‘ri bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘radi. Bu bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjudligini eslatdi.

Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Ilm-fan
112310
Jamiyat
94983
Jamiyat
91105
Jamiyat
75869
Jamiyat
//
Izoh yo‘q