Jamiyat
Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni yangi yil arafasida aksiyalar o‘tkazish va chegirmalar qo‘llashda qonunchilik talablariga amal qilishlari zarurligi haqida ogohlantirdi.
Raqobat qo‘mitasi bunday tadbirlarni iste’molchilarning manfaatlari yo‘lida qo‘llab-quvvatlaydi va har qanday huquqiy ko‘mak hamda tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatishga doimo tayyorligini aytdi.
Aytilishicha, ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan soxta chegirmalar yoki aksiyaga qo‘yilgan tovarlar soni va boshqa zarur axborotlarni taqdim etmaslik holatlari aniqlanmoqda. 2025-yilning o‘tgan davrida qo‘mitaga kelib tushgan 48 mingdan ortiq murojaatning asosiy qismi iste’molchilarga to‘g‘ri va tushunarli axborot taqdim etmaslik bilan bog‘liq.
Chakana savdo qoidalariga ko‘ra sotuvchi chegirma tovar va narxi hisobini yuritishga, mahsulotning oxirgi 30 kunda amalda bo‘lgan bahosini qayd etishga hamda iste’molchining talabiga ko‘ra, mazkur ma’lumotlarni taqdim etishga majbur.
Sotuvchilar tovar narxiga chegirma qo‘llashda quyidagilarga amal qilishi lozim:
– chegirmani aniq foiz yoki summa shaklida belgilashi hamda tovar narxi oson aniqlanishini ta’minlash;
– iste’molchining talabiga ko‘ra, har bir tovar uchun chegirma narxgacha bo‘lgan qiymat to‘g‘risida aniq ma’lumot berish;
– tovarning chegirma e’lon qilingunga qadar oxirgi 30 kundagi eng past narxini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lishi (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bundan mustasno);
– agarda chegirma narxda sotilishi nazarda tutilgan tovar soni cheklangan yoki mavsumiy yoxud mahsulotlarining holatiga bog‘liq bo‘lsa, bu haqida iste’molchilarni xabardor qilish;
– maxsus taklifning boshlanish va tugash sanasi aniq ko‘rsatilishi, agar chegirma narx faqatgina muayyan sharoitlarda qo‘llanilsa, bu haqda ma’lum qilish;
– agar chegirmani taqdim etish iste’molchidan shaxsga doir ma’lumotlarni berish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni talab qilsa, sotuvchi shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlari va shartlarini ochiqlashi kerak.
Shu bilan birga, alkogol va tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini sotishda chegirmalar qo‘llash, dori vositalari, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar va oziq-ovqat qo‘shimchalari reklamasi bo‘yicha hamda energetik ichimliklar reklamasida rag‘batlantiruvchi aksiyalar o‘tkazish taqiqlanadi.
Qo‘mita tadbirkorlarni yuqorida keltirilgan talablar buzilishida tegishli javobgarlik va moliyaviy jarimalar qo‘llanishi bo‘yicha ogohlantirgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109897
Jamiyat
94219
Jamiyat
90054
Jamiyat
73267
Jamiyat
//
Izoh yo‘q