Bahrom Norqobilov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi

Saqlash
09:38 / 10.12.2025 33 0

Bahrom Norqobilov Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Doniyor Madirimov vazifasidan ozod etildi.

 

Xalq deputatlari Ohangaron tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi.

 

Sessiya kun tartibidan tashkiliy masala ham o‘rin oldi. Unga ko‘ra, Ohangaron tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Madirimov Doniyor Mamatsaliyevich o‘z lavozimidan ozod qilindi.

 

Zoyir Mirzayev Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Bahrom Turayevich Norqobilov nomzodini Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

 

Sessiya yakunida deputatlar uni Ohangaron tumani hokimi etib tasdiqlash haqida qaror qabul qildilar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//