“Tik turib va o‘ng qo‘l kaftini ko‘krakning chap tomoniga qo‘yib davlat bayrog‘iga yuzini burgan holda kuylanadi”: madhiyaga oid qoidalar

Saqlash
09:21 / 10.12.2025 80 0

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonunda madhiyamizga oid qoidalar belgilab qo‘yilgan.

 

Qonunga ko‘ra, sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida Davlat madhiyasining ijro etilishi musobaqa tashkilotchilari tomonidan ta’minlanadi. 

 

Davlat madhiyasi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan matni va musiqaviy tahririga aynan muvofiq holda ijro etilishi lozim.

 

Sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida Davlat madhiyasini qisqartirib ijro etilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda Davlat madhiyasining boshlanishi va naqorat bir martadan aytiladi.

 

Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining O‘zbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari bo‘lgan g‘oliblarini mukofotlash marosimlarini o‘tkazish vaqtida ijro etiladi.

 

Davlat madhiyasi tik turib va o‘ng qo‘l kaftini ko‘krakning chap tomoniga qo‘yib davlat bayrog‘iga yuzini burgan holda kuylanadi (tinglanadi).

 

Xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish marosimi xalqaro sport tashkilotlarining mavjud amaliyotini inobatga olgan holda belgilanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//