Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Humans ilovasiga ulangan kartalardan pul yechib olinayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Markaziy bank rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, “Humans companies” AJ va “Octagram” AJ tashkilotlari o‘rtasida 2025-yil 10-aprelda 32-sonli shartnoma imzolangan bo‘lib, unga muvofiq, Humans agent sifatida o‘z mijozlariga to‘lov xizmatlarini (to‘lov va P2P pul o‘tkazmalari) yetkazib berishni boshlagan.
"2025-yil 8-dekabr kuni, soat 08:30 atrofida Markaziy bankka fuqarolar tomonidan Humans ilovasi orqali mablag‘lar yechib olingani haqida murojaatlar kelib tushdi. Ushbu holat yuzasidan Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida “Octagram” AJ (Paylov – savdo belgisi) bilan bog‘lanib, xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash va ehtimoliy zaifliklarni bartaraf etish maqsadida P2P amaliyotlarini to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan", deyiladi munosabatda.
Hozirda Humans mobil ilovasi orqali “Octagram” AJ (Paylov – savdo belgisi) tomonidan olib borilayotgan barcha to‘lov xizmatlari vaqtincha to‘xtatilgan.
"Hurmatli fuqarolar, Uzcard va Humo kartalari orqali amalga oshiriladigan to‘lov va o‘tkazmalar odatiy tartibda ishlamoqda. Kartalardan boshqa bank va to‘lov tashkilotlari ilovalarida foydalanish imkoniyati ham saqlanib qolgan", deyiladi munosabatda.
Markaziy bank ayni paytda ushbu holat yuzasidan tezkor tekshiruv ishlari boshlangani, barcha shubhali tranzaksiyalar, texnik jarayonlar va platformalar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik to‘liq o‘rganilayotgani haqida yozdi.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha rasmiy axborot taqdim etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109888
Jamiyat
94217
Jamiyat
90051
Jamiyat
73257
Jamiyat
//
Izoh yo‘q