Jamiyat
5-dekabr kuni Tayvanda 2025-yilgi UI GreenMetric reytingining rasmiy natijalari e’lon qilindi.
Xabarga ko‘ra, dunyoning eng nufuzli “yashil” universitetlar reytingidan o‘rin olgan ta’lim maskanlari orasida O‘zbekiston oliygohlari ham bo‘lib, ular munosib natijalar bilan qayd etilgan.
Joriy yilda 105 davlatdan 1 745 ta universitet baholangan ushbu reytingda O‘zbekistonning 79 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirok etgan va shundan 38 tasi dunyoning TOP-1000 taligidan joy olgan.
O‘zbekiston OTMlari ichida eng yaxshi natija Toshkent davlat yuridik universitetiga tegishli bo‘lib, reytingda 181-o‘rinni band qilgan.
Keyingi eng yuqori ko‘rsatkichni Farg‘ona davlat universiteti qayd etgan – 327-o‘rin.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti esa 335-o‘ringa loyiq ko‘rilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112174
Jamiyat
94858
Jamiyat
90931
Jamiyat
75716
Jamiyat
//
Izoh yo‘q