Jamiyat
O‘zgidromet 12-dekabrgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ertaga 10-dekabr kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
11-dekabrda respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
12-dekabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20–22 m/s gacha kuchayadi.
9-10-dekabrda havo harorati kunduz kunlari +2– +7 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 11-12-dekabrda harorat asta-sekin +13– +15 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda +16– +19 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
10-11-dekabrda harorat kechalari 0– +5 daraja sovuq, shimolda -5– -10 daraja sovuq, 12-dekabrda +2– +7 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik
(yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutiladi, 9-10-dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 9-dekabrda qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida 9-dekabrda kechasi va ertalab, 10-dekabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechalari 0– -2 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari +4– +7 daraja iliq bo‘ladi.
11-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-dekabrga kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi.
Harorat 11-dekabrda kechasi 0– -2 daraja sovuq, kunduzi +8– +10 daraja iliq, 12-dekabrda kechasi +4– +6 daraja iliq, kunduzi +12– +14 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
109887
Jamiyat
94217
Jamiyat
90050
Jamiyat
73254
Jamiyat
//
Izoh yo‘q