Jamiyat
Raqobat qo‘mitasi tomonidan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qilishga qaratilgan veb-saytlar yuzasidan doimiy o‘rganish va tahlillar olib borilmoqda.
Reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar ko‘rish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, joriy yilning o‘tgan vaqtida amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 86 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha tegishli nazorat organiga ma’lumotlar kiritilgan bo‘lib, shundan 70 ga yaqini saytlar belgilangan tartibda bloklangan.
Ma’lumot uchun, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasiga muvofiq, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasi taqiqlanadi.
“Qo‘mita tomonidan bu yo‘nalishdagi monitoring ishlari tizimli davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112975
Jamiyat
95673
Jamiyat
92630
Jamiyat
76882
Jamiyat
//
Izoh yo‘q