Jamiyat
Joriy yilning 6-dekabr kuni “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta tuman (shahar) hokimliklarida tajriba-sinov tariqasida natijaga asoslangan boshqaruv tizimi joriy etiladi.
Mazkur tajribada davlat organlari faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari ularga qo‘yilgan vazifalar asosida Agentlik tomonidan shakllantirilishi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi nazarda tutilgan.
Bunda agentlik:
▪️ natijaga asoslangan boshqaruv modelini ishlab chiqadi hamda uning joriy etilishini uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi;
▪️ maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilganligini “samaradorlik.gov.uz” elektron platformasi orqali baholashni tashkil etadi;
▪️ tegishli vazifalarni bajarish va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda kadrlar salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
▪️ davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tanlovlarda zamonaviy yondashuv, zarur hollarda, qo‘shimcha bosqichlarni joriy etadi.
Shuningdek, hujjatda yozilishicha, davlat organlarining vazifa va funksiyalari quyidagi 5 ta darajaga ajratiladi:
▪️ konstitutsiyaviy va milliy daraja;
▪️ respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari darajasi;
▪️ hududiy daraja;
▪️ tuman (shahar) darajasi;
▪️ mahalla (qishloq, ovul) fuqarolar yig‘ini darajasi.
Keyingi yilning 1-yanvaridan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta tuman (shahar)da faoliyat yurituvchi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi. Bunda:
🔸 respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo‘linma rahbari hamda tuman (shahar) hokimi va uning o‘rinbosarlari har 5-yilda, qoida tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri doirasida boshqa tuman (shahar)ga rotatsiya qilinadi;
🔸 rotatsiya qilinadigan rahbarlar Agentlikning “hrm.gov.uz” elektron platformasi orqali aniqlanadi;
🔸 rahbar yangi hududga o‘tishdan oldin hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati bo‘yicha intensiv kursda o‘qitiladi;
🔸 rotatsiya qilingan rahbar faoliyati Agentlik tomonidan elektron platforma orqali onlayn tarzda monitoring qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109885
Jamiyat
94217
Jamiyat
90050
Jamiyat
73253
Jamiyat
//
Izoh yo‘q