Madaniyat
Kecha, 8-dekabr kuni Qohirada Saida Mirziyoyeva Misr Bosh imomi, “Al-Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Shayx hazratlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdim”, deb yozdi Mirziyoyeva o‘z Telegram sahifasida.
.jpg)
Xabarga ko‘ra, muloqotda O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasida ma’naviyat va fan-ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashilgan. Shuningdek, ma’rifatli islom g‘oyalarini targ‘ib etish va yoshlarni radikallashuvdan himoya qilishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etilgan.
Qo‘shma dasturlar, akademik almashinuvlar va qo‘lyozmalarni o‘rganishni kengaytirish borasida ham o‘zaro manfaatdorlik bildirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112174
Jamiyat
94858
Jamiyat
90931
Jamiyat
75716
Jamiyat
//
Izoh yo‘q