Jamiyat
Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher Toʻxtayev Pokistonning “Habib Rafiq Pvt. Ltd” kompaniyasi bosh menejeri Aslam Malik bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda “Dunyo” nashri xabar berdi.
Muloqot davomida ushbu kompaniya bilan hamkorlik istiqbollari, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Pokiston vakili elchini Islomobod shahri yaqinida 2,8 ming gektar maydonda amalga oshirilayotgan “Capital Smart City” yirik developerlik loyihasi bilan tanishtirdi. Qayd etilishicha, hududda turar-joy binolari, maktab, bogʻcha, sport inshootlari, zamonaviy dam olish va koʻngilochar bogʻlar qurilib foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, AQSHdagi Silikon vodiysi muqobili boʻlgan texnologik shaharcha “Silicon Village” qurilishi davom etyapti.
“Habib Rafiq Pvt. Ltd” kompaniyasi bosh menejeri, shuningdek, “Capital Smart City” loyihasi hududida “Yangi Oʻzbekiston” massivi hamda “Yangi Oʻzbekiston” bogʻni barpo etish, mamlakatimiz hududlarida barpo etilayotgan Yangi Oʻzbekiston massivlari hamda “Yangi Toshkent” shahridagi loyihalarda ishtirok etish, kompaniya rahbariyatining Oʻzbekistonga safarini amalga oshirish, Oʻzbekistondagi yirik qurilish kompaniyalarining Pokistondagi, xususan, “Capital Smart City” loyihasida ishtirokini tashkil etish va boshqa takliflarni bildirdi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonning tegishli idoralari va salohiyatli investorlari bilan kelishilgan holda muhokama qilingan yoʻnalishlar va loyihalarni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish, kompaniya delegatsiyasining Oʻzbekistonga ishchi safarini tashkil etish va hamkorlar bilan muzokaralar uyushtirish toʻgʻrisida kelishib olindi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Ilm-fan
109874
Jamiyat
94212
Jamiyat
90045
Jamiyat
73244
Jamiyat
//
Izoh yo‘q