Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 4-dekabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida fermerlar bilan uchrashdi. Davlat rahbari odamlarning umri paxta dalasida 27 yil bekor o‘tganini ta’kidladi. Lavha “O‘zbekiston 24” telekanalida namoyish etildi.
“Odamlarni ongi o‘zgargan. Umrimiz paxtada bekor o‘tgan ekan. 27 yil qiynalganmiz. Shu paxta degan baloni hammamiz dalada ko‘rdik, birimiz ikki bo‘lmadi. Mana kecha Jizzaxga borib fermerlar bilan uchrashsam, (fermerlardan biri) 85 sentner oldim, dedi”, – deya qayd etdi prezident.
Uchrashuvda ishtirok etgan sirdaryolik fermerlardan biri bir gektardan 76 sentner paxta hosil olganini ma’lum qildi.
“Mo‘’jiza bo‘ldi bu. 87 degan navini ekdik. Paxta bo‘yicha bu yil juda bir mo‘’jiza holatga erishdik”, – deydi u.
Prezident avval paxta yetishtirish bo‘yicha tajriba bo‘lmagani, olimlar pisand qilinmaganini ta’kidladi.
“Tasavvur qiling agar shu mehnatimizga 50 sentner olganimizda daromadimiz qancha bo‘lardi? Bolalarni qanday o‘qitardik? Ilm yo‘q, tajriba yo‘q, bilimsiz urra-urra qilib yuraverdik. Hammani dalaga chiqarib, pul bermadik, texnika bermadik, olimlarni pisand qilmadik. 25 sentner ham qilolmadik-ku viloyat bo‘yicha. Mana qilsa bo‘lar ekan”, – dedi davlat rahbari.
Sirdaryolik fermer bu yilgi natijalardan hamma dehqonlar hayratda ekanini qayd etdi.
“Gapi ochig‘ida endi. Tasavvurimizga sig‘dirolmadik bu yerdagi holatni. Oddiy bir mehnatkash traktor juda katta qiziqishdi bu yilda. Daromad paydo bo‘ldi”, – dedi fermer.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
109864
Jamiyat
94209
Jamiyat
90040
Jamiyat
73238
Jamiyat
//
Izoh yo‘q