“Konstitutsiyaga sayohat” kitobi va multfilmlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Saqlash
09:42 / 07.12.2025 15 0

Konstitutsiyada belgilangan boshlang‘ich huquqiy normalarni o‘quvchi yoshlarga keng targ‘ib qilish, ularni Konstitutsiyaga hurmat ruhida tarbiyalash hamda huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 5-dekabr kuni “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi hamda huquqiy multfilmlar taqdimoti o‘tkazildi.

 

Konstitutsiyani birinchi marta bolalar tiliga o‘girgan ushbu loyiha undagi normalarni bola tilidan tushuntiruvchi interaktiv kitob hamda 40 seriyali multfilmdan iborat. 

 

Endilikda ushbu to‘plamlar maktablarda Huquq darslarida qo‘llaniladi va Konstitutsiya normalarini maktab yoshidagilarga o‘rgatishda muhim dasturulamal bo‘ladi.



 

Mazkur tadbirda Adliya vazirligi, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi, Konrad Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari, OAV hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi. 
 


Tadbir davomida “Konstitutsiyaga sayohat” loyihasi hamda bolalarga huquqni sodda tilda tushuntirishga qaratilgan qator yangi loyihalar haqidagi videoroliklar hamda “Konstitutsiyaga sayohat” multfilmining 1-qismi namoyish etildi. Shu bilan birga “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligiga topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//