Ilm-fan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 33 287 nafar chet el fuqarosi o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 11 307 nafarga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur’ati 51,5 foizni tashkil etgan.
Joriy yilning 10 oyida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Hindiston — 14 322 nafar;
Turkmaniston — 8 348 nafar;
Tojikiston — 2 323 nafar;
Pokiston — 1 620 nafar;
Xitoy — 1 254 nafar;
Janubiy Koreya — 806 nafar;
Qirg‘iziston — 696 nafar;
Misr — 498 nafar;
Filippin — 461 nafar;
AQSh — 429 nafar;
Turkiya — 333 nafar;
Afg‘oniston — 280 nafar;
Iordaniya — 175 nafar;
Rossiya — 158 nafar;
Buyuk Britaniya — 153 nafar;
boshqa davlatlar — 1 431 nafar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijliklar orasida eng katta ulush Hindiston va Turkmaniston fuqarolariga to‘g‘ri kelmoqda.
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109860
Jamiyat
94206
Jamiyat
90036
Jamiyat
73233
Jamiyat
//
Izoh yo‘q