“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi boshlandi

Saqlash
09:08 / 05.12.2025 24 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi o‘z ishini boshlaydi.

 

Forum 3 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda tashabbuskorlar, shu jumladan, xorijdagi vatandoshlarimiz kelajakuchun.gov.uz kraud-platformasiga kirib, One-ID orqali ro‘yxatdan o‘tadi. 5 ta ustuvor yo‘nalishdan birini tanlab, taklif mazmunini yozadi.

 

Har bir fuqaro 5 tagacha tashabbus yo‘llashi hamda jamoa bo‘lib qatnashishi mumkin.

 

2-bosqichda yuborilgan tashabbuslar ekspertlar tomonidan o‘rganib chiqiladi. Eng muhim deb topilgan tashabbuslar keyingi bosqichga o‘tkaziladi.

 

3-bosqichda mualliflar o‘z tashabbuslarini Mentorlar kengashi ekspertlariga taqdimot qiladi. Eng dolzarb deb topilgan tashabbuslar “Top–50” hamda “Top–10” tarzida saralanadi.

 

G‘olib deb topilgan 10 ta eng ilg‘or tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi.

 

Yakunda ma’qullangan tashabbuslar hayotga tatbiq etiladi. Ularning mualliflari moddiy rag‘batlantirilib, loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

 

Forumda ma’qullangan istiqbolli tashabbuslarni tijoratlashtirish va moliyalashtirishga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va boshqa tijorat banklari, shuningdek, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mas’ul hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//