Jamiyat
2-dekabr Guliston shahri Taraqqiyot mahallasidagi buyum bozori hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz ballon portlab, 29 nafar odam jarohat oldi.
Shavkat Mirziyoyev 4-dekabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogʻida portlash oqibatida jabrlanganlar davolanayotgan shifoxonada boʻldi.
Prezidentimiz ularning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirdi. Uch kun muddatda qurbon boʻlganlarning oilasiga 100 million soʻmdan moddiy yordam ajratish topshirildi.
Topshiriqqa koʻra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori boshchiligida 10 nafar malakali shifokorlar brigadasi jabr koʻrganlarga bepul sifatli tibbiy va psixologik yordam koʻrsatmoqda.
Masʼul idoralarga ushbu baxtsiz hodisa sabablarini tez fursatlarda aniqlab, qonun ustuvorligini taʼminlash topshirildi.
Umuman, ushbu fojia favqulodda vaziyatlar tizimi uchun katta saboq boʻlishi kerakligi qayd etildi. Qish oylarida bunday hodisalarning oldini olish boʻyicha barcha masʼullar 24 soatlik ish rejimiga oʻtishi zarurligi qayd etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112174
Jamiyat
94858
Jamiyat
90931
Jamiyat
75716
Jamiyat
//
Izoh yo‘q