Sirdaryoda Xitoy bilan hamkorlikda farmatsevtika texnologiyalari yoʻnalishida oliygoh tashkil etiladi

Saqlash
17:39 / 04.12.2025 18 0

Shavkat Mirziyoyev 4-dekabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi buyurdi.

 

Prezident raisligidagi yigʻilishda Guliston shahridan oʻtuvchi “Doʻstlik” kanali boʻyidagi 67 gektarda yirik savdo-koʻngilochar majmua barpo etilishi eʼlon qilindi.

 

Guliston tumanining Sohilobod va Ahillik, Sirdaryo tumanining Kamolot mahallalari hududida ham jami 360 gektarda yirik daryo boʻyi ekoturizm komplekslari tashkil qilinadi.

 

“Aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha yangicha yondashuvlar, samarali yechimlarni joriy qilish uchun doim izlanish, oʻrganish va tajriba orttirish juda muhim” – dedi Prezident.

 

Shu bois, 11 ta tuman hokimining birinchi oʻrinbosarlarini Pekindagi Kambagʻallikka qarshi kurashish boʻyicha xalqaro markazda amaliyot oʻtashini tashkil qilish topshirildi.

 

Shuningdek, sirdaryolik 50 nafar yoshni Pekin shahriga joʻnatib, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha kurslarda oʻqitish zarurligi qayd etildi.

 

Guliston universiteti qoshida Xitoyning “Lu Ban ustaxonasi” dasturi doirasida kasb-hunarga oʻqitish markazini, Sirdaryo tumanidagi tibbiyot texnikumi negizida esa Xitoy bilan hamkorlikda farmatsevtika texnologiyalari yoʻnalishida oliygoh tashkil qilishga koʻrsatma berildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//