Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Guliston shahrining Boʻston mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini borib koʻrdi.
Boʻston mahallasi joriy yil obod mahallaga aylandi. Hududdagi barcha koʻp qavatli uylar taʼmirlandi, hudud obodonlashtirildi. Mahalla markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Prezident dastlab shu yerda mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan samimiy muloqot oʻtkazdi. Uchrashuvda mamlakatning barcha hududlarida quyi boʻgʻindagi muammolarni hal etish, mahallalarni obod qilish va aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar samarasi Sirdaryoda ham oʻz aksini topayotgani taʼkidlandi.
“Mahalla – jamiyatning yuzi. Mamlakatdagi barcha oʻzgarishlar, avvalo, shu yerda oʻz ifodasini topadi. Biz shunday tizim yaratdikki, ilgari jiddiy deb hisoblagan koʻplab masalalarimizga yechimni aynan mahallaning oʻzida topyapmiz. Bu institutga eʼtiborni yanada kuchaytirishda davom etamiz”, dedi davlat rahbari.
Shu yerning oʻzida “yettilik” vakillari va nuroniylar bilan mahalla hamda viloyat hayotida boʻlayotgan oʻzgarishlar xususida suhbat boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatida infratuzilmani rivojlantirishga doir qarori asosida hududda 215 ta koʻp qavatli uyni qamrab olgan maxsus manzilli roʻyxat shakllantirilgan. Ushbu dastur doirasida uylarning tom va fasad qismlarini taʼmirlash, issiqlik taʼminotini yaxshilash, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash hamda atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari rejalashtirilgan.
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109833
Jamiyat
94196
Jamiyat
90020
Jamiyat
73210
Jamiyat
//
Izoh yo‘q